21:33 / 06.11.2021
2 299

UzIMEI ro‘yxatidan o‘tmagan telefon sotib olinganda qayerga murojaat qilish kerak?

UzIMEI ro‘yxatidan o‘tmagan telefon sotib olinganda qayerga murojaat qilish kerak?
Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi fuqaro O.Z. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “1091” ishonch telefoni orqali murojaat qildi.

Murojaatda qayd etilishicha iste’molchi, tuman markazida joylashgan qurilish materiallari savdo kompleksida faoliyat olib boruvchi Sa’dulla ismli tadbikordan 15 million so‘m evaziga 280m² tunukafon harid qilgan. Biroq tunukafon talabga javob bermagan. Bu borada tadbirkorga bir necha marotaba murojaat qilgan bo‘lsa-da, hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini aytib o‘tgan.

Mazkur murojaat federatsiyaning Jondor tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilishi natijasida, sifatsiz tunukafonlar sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.

Yana bir murojaat, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro M.A. tomonidan kelgan bo‘lib, qayd etilishicha, iste’molchi sentabr oyida G‘ijduvon tuman «Sharifjon» majmuasi yonida joylashgan «Samsung» do‘konidan 2 200 000 so‘mga A12 rusumli qo‘l telefoni xarid qilganini, oradan bir kun o‘tib esa 1170 raqamidan IMEI kodini ruyxatdan o‘tkazish to‘g‘risida SMS xabarnoma kelgan. Sotuvchiga bu haqda murojaat qilgan, biroq u xech kanday muammo yo‘qligi, telefon allaqachon ro‘yxatdan o‘tkazilganini aytib o‘tgan. Biroq oradan 20 kun o‘tar-o‘tmas telefon umuman ishlamay qolgan. Sotuvchiga bu borada qayta murojaat qilganda esa u apparatni almashtirib berishdan bosh tortganini aytib o‘tgan.

Mazkur murojaat federatsiyaning G‘ijduvon tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilishi natijasida bloklanib qolgan telefon UzIMEI ro‘yxatidan o‘tgan yangisiga almashtirib berildi.

Shuningdek, Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi fuqaro Q.G. tomonidan kelgan murojaatda iste’molchi, joriy yilning oktabr oyida Olot tuman «Dehqon» bozori hududida joylashgan savdo do‘konidan 1 970 000 so‘m evaziga telefon sotib olgan. Ammo oradan biroz vaqt o‘tib mazkur telefonda nosozliklar aniqlanganligi, sotuvchiga bu borada bir necha marotaba murojaat qilgan bo‘lsa-da hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini aytib o‘tgan.

Mazkur murojaat o‘rganilishi natijasida telefon apparati sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » UzIMEI ro‘yxatidan o‘tmagan telefon sotib olinganda qayerga murojaat qilish kerak?