Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yurak qon-tomir kasalliklari oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kardiologiya xizmati bo‘yicha qator yangilanishlar bo‘lishi e’lon qilindi.
Jumladan:
- Respublika kardiologiya markazining viloyat filiallarida ko‘rsatiladigan xizmatlar 15 tadan 35 tagacha yetkaziladi;
- (misol uchun, Kardiologiya markazining Xorazm viloyati filialiga Orolbo‘yi mintaqaviy markaz maqomi berilib, uni jihozlashga 20 mlrd so‘m ajratilgani hisobiga respublika darajasidagi barcha amaliyotlar viloyatning o‘zida yo‘lga qo‘yiladi);
- ushbu amaliyot Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda, kelgusi yil yakunigacha Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida yo‘lga qo‘yiladi;
- kelgusi yil 1 iyunga qadar Kardiologiya markazi viloyat filiallari zamonaviy angiograf bilan ta’minlanadi;
- kelgusi yil yakuniga qadar Nurafshon shahrida barpo etilayotgan Tibbiyot klasterida Kardiologiya markazi tashkil qilinadi;
- bundan buyon bemorlarning respublika markazlarida davolanishi uchun berilgan barcha imtiyozlar ularning filiallariga ham to‘liq tatbiq etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...