
Rossiya o‘zbekistonlik migrantlar uchun asosiy mehnat bozori bo‘lib qolmoqda. Joriy yilning 10 oyi davomida u yerga rasman 84,5 ming o‘zbekistonlik ishlash uchun ketgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Migratsiya agentligi tashqi mehnat bozoridagi 382 ta salohiyatli ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazib, ulardagi 69 ming 271 ta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan.
O‘zbekistondagi kasb-hunar markazlarida 45 ming 247 nafar fuqaro o‘qishga jalb qilingan. Rossiyadagi kasb-hunar markazlarida esa 951 nafar fuqaro o‘qishga jalb etilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 91 ming 958 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan. Shundan:
84 ming 574 nafari - Rossiyaga;
6 ming 197 nafari - Qozog‘iston;
1 ming 174 nafari - Janubiy Koreya (Ye-8 vizasi va mehnat shartnomalarini qayta tiklash hisobiga);
7 nafari - BAA;
2 nafari - Turkiya;
2 nafari - Polsha;
2 nafari - boshqa davlatlar.
RossiyaO‘zbekistonlik MigrantlarTashqi MehnatIsh O‘rinlariKasb-Hunar MarkazlariXorijiy Davlatlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar