Ma’lumki o‘q-dorilarni respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanib, buning uchun jazo muqarrarligi belgilangan.
Biroq, bojxona chegaralari orqali kontrabanda predmetlari hisoblanuvchi o‘q-dorilarni fuqarolar tomonidan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar afsuski uchramoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan, fuqaro X.B. boshqaruvidagi “Toyota Highlander” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashina salonida joylashgan old o‘rindiqlar orasidagi quti ichidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 4 dona 3,0mm. “fetter rus 12/70” nomli ov uchun mo‘ljallangan patronlar yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi