13:48 / 11.11.2021
1 981

Sovitkichdagi yoqimsiz hidni bartaraf qilishga yordam beradigan samarali usullar

Sovitkichdagi yoqimsiz hidni bartaraf qilishga yordam beradigan samarali usullar
Foto: «Profile.ru»
Sovitkichdan badbo‘y hid anqishining turli sabablari bo‘lishi mumkin. Saqlanayotgan mahsulotning aynigani, yoki shunchaki sarimsoq va baliq singari mahsulotlarning o‘rin olgani, drenaj tizimdagi tiqilish yoki dezodoratorning kirlanishi shular jumlasidan. Ammo aksariyat hollarda bu yoqimsiz holatga sovitkich kamerasining yetarlicha toza emasligi sabab bo‘ladi.

Bunda sovitkichni eritib, ichini maxsus tozalovchi vositalar bilan yuvish muhim sanaladi. Agar shunda ham muammo hal bo‘lmasa, maxsus ionizatorlar, sovitkichni tozalash uchun mo‘ljallangan namlantirilgan salfetkalar, sprey yoki boshqa vositalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, quyidagi tavsiyalar ham bu borada qo‘l kelishi mumkin.

Sirka
Bir stakanga suvga 9 foizli sirkani aralashtiring. Unga shimdirilgan latta yoki mikrofibrali salfetka bilan sovitkich devorlarini arting. Shundan keyin havo aylanishi uchun sovitkich eshigini bir necha soatga ochiq qoldirish kerak bo‘ladi.

Limon
Limon sharbatidan sirkali aralashmaning muqobili sifatida foydalansa bo‘ladi. Shuningdek, hidlarni neytrallashtirishda limon bo‘laklaridan ham foydalansa bo‘ladi. Buning uchun kesilgan bo‘laklarni sovitkich ichida 2-3 kun qoldirish kifoya qiladi.

Nashatir spirti
Lattani bir necha tomchi nashatir spirti qo‘shilgan suvli aralashmaga singdiring. Keyin esa sovitkich ichini yaxshilab artib chiqing. Bundan avval esa yuzga tibbiyot niqobini taqib olish tavsiya qilinadi.

Absorbentlar
Guruch, ichimlik sodasi, faollashtirilgan ko‘mir — absorbentlar hisoblanadi. O‘ramdan ochilgan ichimlik sodasi, guruchli taom yoki faollashtirilgan ko‘mirni maydalanganini sovitkich ichiga solib qo‘yish kerak. Ularni saqlash profilaktik natija ham beradi. Asosiysi, almashtirib turishni unutmaslik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sovitkichdagi yoqimsiz hidni bartaraf qilishga yordam beradigan samarali usullar