14:18 / 11.11.2021
2 002

Toshkentda 7 ta masjidda sodir etilgan o‘g‘riliklarda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda 7 ta masjidda sodir etilgan o‘g‘riliklarda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi
Kadr: Telegram
Chilonzor tumanidagi «Novza» masjidiga namoz o‘qish uchun kelgan fuqaroning qarovsiz qoldirilgan ust kiyimidan telefon o‘g‘rilashda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, masjidga kelgan fuqaro tahoratxonaga kirayotib, kurtkasini kiyim ilgichga qo‘yib ketgan. Qaytib chiqqach esa telefoni yo‘qligini bilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida o‘g‘irlikni muqqaddam sudlangan D. ismli fuqaro sodir etgani aniqlangan.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, Chilonzor tumanidagi to‘rtta masjidda o‘g‘irlikni amalga oshirgan ushbu shaxsning Yunusobod tumanidagi uchta masjidda ham shu kabi jinoyatga qo‘l urgani ma’lum bo‘lgan.

U masjidlardan o‘g‘irlangan telefonlarni arzon narxda noma’lum shaxslarga sotib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda ushbu shaxsning mazkur turdagi 15 ga yaqin jinoyatlarga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning iyunida Toshkentda masjidda o‘g‘rilik qilganlikda gumonlanayotgan 22 yoshli yigit qo‘lga olingan edi. Oktabrda esa O‘zbekistondagi masjidlarda o‘g‘rilik qilib yurgan shaxs Qarshida ushlangan va 7 yilga qamalgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 7 ta masjidda sodir etilgan o‘g‘riliklarda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi