Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etish uchun Istanbul shahriga keldi. Oliy martabali mehmonni Istanbul shahri hokimi Ali Yerlikaya va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yilda tuzilgan. O‘zbekiston unga 2019 yilda qo‘shilgan. Kengashning asosiy maqsadi qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishdir.
O‘xshash til va bir din, tarixiy va madaniy rishtalar asosida shakllangan bu tashkilot mintaqaviy hamkorlikning samarali mexanizmiga aylanib bormoqda. O‘zbekistonning qo‘shilgani uning qamrovini ham, salohiyatini ham oshirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari ko‘p tomonlama hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitdi. Qisqa davrda Shavkat Mirziyoyev tomonidan 20 dan ortiq takliflar ilgari surildi va amalga oshirildi.
Xususan, 2019 yil oktabrda Toshkentda Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi majlisi hamda Investitsiya forumi o‘tkazildi. 2020 yilda Xiva shahriga «Turkiy dunyoning madaniy poytaxti» maqomi berildi. Yosh tadbirkorlar forumi ta’sis etilib, 2021 yil sentabrda Toshkentda uning birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Shuningdek, Kengashga a’zo mamlakatlarning yoshlar va sport masalalariga mas’ul vazirlari majlisi ham bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidenti doim alohida e’tibor qaratib kelayotgan transport va bojxona sohasida tartib-taomillar raqamlashtirilmoqda. Masalan, mamlakatda Turkiya va Qozog‘iston bilan boshlang‘ich loyihalar ishga tushirildi. Toshkent, Andijon va Termizdagi logistika markazlar Turkiy Kengash doirasidagi «birodar portlar» tizimiga qo‘shildi.
Davlat rahbari koronavirus pandemiyasi bo‘yicha bildirgan takliflar ham dolzarbligini ko‘rsatdi. Kengashga a’zo mamlakatlar doirasida ushbu kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus muvofiqlashtiruvchi guruh tuzildi. Epidemiologik vaziyatni kuzatish, tahlil qilish va prognozlashtirish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan tizim yo‘lga qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev sherik davlatlar miqyosida turizmni rivojlantirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Bu sohadagi tashabbuslar ham amalga oshmoqda. 2021 yil iyunda Qo‘qon shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘qon turkiy dunyoning ilk turizm poytaxti, deb e’lon qilindi. Mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar bo‘ylab «Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish boshlandi.
Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Muso al-Xorazmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, barcha turkiy xalqlar uchun ardoqli bo‘lgan shoir — Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilishi Shavkat Mirziyoyevning yana bir xayrli tashabbusi bo‘ldi. Bu mukofot bilan turkiy davlatlarda ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.
O‘zbekiston Prezidenti bu galgi sammitda ham muhim tashabbuslarni bildirishi kutilmoqda.
Sammitning asosiy tadbirlari 12 noyabrga mo‘ljallangan. Davlat rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi