08:25 / 12.11.2021
2 507

Eron va Pokistondan olib kirilayotgan kartoshkada xavfli organizmlar aniqlandi

Eron va Pokistondan olib kirilayotgan kartoshkada xavfli organizmlar aniqlandi
Foto: O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
Joriy yilning 25 sentabr kunidan boshlab Eron va Pokistondan olib kirilayotgan kartoshka mahsulotlarida O‘zbekiston hududi uchun karantin ahamiyatiga ega xavfli zararli organizmlar – oltinrang va nimrang nematodalar bilan zararlanish holatlari tizimli ravishda aniqlanmoqda. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar bergan.

Oltinrang va nimrang nematodalar kartoshka yoki boshqa turdagi poliz ekinlari hosildorligini 80-90 foizgacha yo‘q qiluvchi xavfli organizm sanaladi. Nematodalarning butun dunyo miqyosida qishloq xo‘jaligi ekinlariga yillik zarari 100 milliard dollardan ortishi hisoblab chiqilgan.

Respublika hudida 86,529 ming gektar kartoshka, 24,591 ming gektar pomidor, 12,7 ming gektar qalampir va 137 ming gektar poliz ekinlari yetishtirilayotgani inobatga olinsa, xavf ko‘lami yanada yaqqol namoyon bo‘ladi, deyiladi agentlik xabarida. Nematodalarga qarshi kurashishda samarali kimyoviy vosita mavjud emas. Zararkunandalar tarqalgan hududda 30 yilgacha kartoshka va poliz ekinlarini yetishtirib bo‘lmaydi.

Joriy yilning avgust oyidan bugungi kunga qadar respublika hududiga 110 ming tonna iste’mol kartoshkasi olib kirilgan bo‘lib, shundan 104 ming tonna mahsulotga talablarga muvofiqligi to‘g‘risida fitosanitar sertifikatlar taqdim etilgan. Nematodalar aniqlangan iste’mol kartoshka mahsulotining 3 525 tonnasi (3,2 foiz) eksportyor davlatga qaytarilgan. 775 tonna mahsulot esa (0,7 foiz) tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qaytarish imkoniyati yo‘qligi tufayli maxsus ob’ektlarda yo‘q qilingan.

Agentlik 2021 yil Eron va Pokistonga O‘zbekiston fitosanitariya talablarining buzilishi holatlari yuzasidan e’tiroznoma yuborgan. Pokiston barcha kasallik aniqlangan yuklarning fitosanitar sertifikatlarini o‘rganib chiqib, ularning qalbakilashtirilganini ma’lum qilgan.

Pokistondan olib kelinayotgan iste’mol kartoshkasi Afg‘oniston hududida qayta taqsimlanib, boshqa davlatlar (jumladan, Hindiston) kartoshkalari bilan aralashtirilayotgani, mazkur kartoshka iste’mol uchun emas, balki ozuqa yem sifatida foydalaniladigan kartoshka ekani to‘g‘risida ham xabarlar mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eron va Pokistondan olib kirilayotgan kartoshkada xavfli organizmlar aniqlandi