Xorijiy OTMni tamomlagan yosh mutaxassislar maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Xorijiy OTMni tamomlagan yosh mutaxassislar maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabariga ko‘ra, prezidentning “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, agentlik tomonidan oylik ustamalar tatbiq etiladigan ta’lim yo‘nalishlari, tashkilotlar ro‘yxati shakllantirilgan hamda endilikda agentlik, ish beruvchi va yosh mutaxassis o‘rtasida 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuziladigan shartnomaga asosan, xodimning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda ustamalar har oy to‘lab beriladi.

Qo‘shimcha ustamalar to‘lab berishning asosiy shartlari quyidagicha: yuqori 500talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini 2021 yil va kelgusi yillarda tamomlagan yosh mutaxassisga nisbatan tatbiq etiladi; yosh mutaxassis qo‘shimcha miqdorlarning bittasidan foydalanishi mumkin.

Nomzodlarning hujjatlari davlat organlari, tashkilot va muassasalari tomonidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etiladi. Taqdim qilinadigan hujjatlar: shartnoma tuzish bo‘yicha murojaat xati; yosh mutaxassisning xorijiy OTMni tamomlagani to‘g‘risida diplom, nostrifikatsiya to‘g‘risida hujjat, mehnat shartnomasi va ishga qabul qilinganlik to‘g‘risida buyruq nusxalari; 3 nusxada ish beruvchi va yosh mutaxassis tomonidan imzolangan shartnomalar.

Shartnoma tuzilgan kundan boshlab, ish beruvchi yosh mutaxassisning har oylik lavozim maoshiga qo‘shimcha ustamalarni to‘lab boradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar