22:58 / 12.11.2021
2 198

Shavkat Mirziyoyev: «Afg‘onistonni terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbdir»

Shavkat Mirziyoyev: «Afg‘onistonni terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbdir»
Prezident Shavkat Mirziyoyev Istanbul yaqinidagi Demokratiya va erkinlik orolida o‘tayotgan Turkiy kengash sammitida nutq so‘zladi. Davlat rahbari nutqi davomida Afg‘oniston masalasiga ham to‘xtaldi.

«Afg‘onistondagi hozirgi murakkab vaziyat barchamizning e’tiborimiz markazida turibdi. Ushbu mamlakatning gumanitar inqirozga tushib, xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga, uning terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbdir.

Afg‘onistonning yangi hukumati bilan muloqotlarda yondashuvlarimiz umumiy va yakdil bo‘lishi lozim
», – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev 9 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zLiDePning X qurultoyida «Qo‘shni Afg‘oniston zaminida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga, jafokash afg‘on xalqiga qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ayamaymiz», — deb aytgandi. Prezident 5 oktabr kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokaralarda Afg‘oniston xalqiga zarur insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini yana bir bor aytib o‘tgan. Muzokaralarda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror taraqqiyot garovi ekani ta’kidlangan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 21 sentabr kuni BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasida videomurojaat bilan so‘zga chiqib, «Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas», – degandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Afg‘onistonni terrorchilar makoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbdir»