09:17 / 15.11.2021
1 964

Toshkentdagi masjidlardan birida o‘g‘irlik sodir etildi

Toshkentdagi masjidlardan birida o‘g‘irlik sodir etildi
Foto: IIBB
Ijtimoyi tarmoqlarda Sergeli tumanidagi masjidlardan birida o‘g‘irlik sodir etilayotganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

IIBB axborot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 13 noyabr kuni taxminan soat 12:30 larda noma’lum shaxs Sergeli tumanidagi masjidlardan birida namoz o‘qish uchun kelgan 1961 yilda tug‘ilgan R.J.ga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 3.500.000 so‘mga teng bo‘lgan 2 dona uyali telefon apparatini o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘irlik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash yuzasidan tergov-tezkor tadbirlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi masjidlardan birida o‘g‘irlik sodir etildi