Foto: «Ria.ru»
Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari quvvatni so‘rib olib, odamni tezda toliqtirib qo‘yadi, dedi diyetolog Yuliya Chexonina, deb yozadi RIA Novosti.
Bunday mahsulotlardan biri qahvadir. Charchoqni ichimlikning o‘zi emas, uning miqdori qo‘zg‘atadi. Kuniga bir yoki ikki finjon qahva ichish me’yor hisoblanadi. Bunda ichimlik odamni tetiklashtiradi. Agar biror kishi ko‘proq qahva ichib yuborsa, energiya kelishi o‘rniga u charchoqni his qila boshlaydi. Odam qancha ko‘p qahva ichsa, shuncha qattiq charchaydi.
Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, tarkibida qand ko‘p bo‘lgan mahsulotlar xuddi shunday holatni keltirib chiqarishi mumkin. U shirinlikxo‘rlarga qora shokoladga e’tibor berishni maslahat qildi. Chunki u qondagi glyukoza darajasining bunday keskin o‘zgarishiga olib kelmaydi. Sharbat va gazlangan ichimliklar to‘satdan charchoqni keltirib chiqarishi mumkin. Mutaxassis ularning o‘rniga sabzavot sharbatlarini iste’mol qilishni tavsiya etadi.
Shu bilan birga, yog‘ va qanddan butunlay voz kechmaslik kerak, chunki bunday parhez ham odamni holdan toydiradi.
Uglevodlarga boy fastfud hazm qilish tizimiga kuchli yuklama beradi, natijada charchoq paydo bo‘ladi. Organizm butun kuchini yuqori kaloriyali og‘ir taomlarni hazm qilishga sarflaydi.
«Qisqa muddatli lazzatlanish quvonchi uzoq muddatli charchoq tuyg‘usini keltirib chiqaradi, undan faqat yaxshi tungi uyqudan keyin xalos bo‘lish mumkin», – deb ta’kidladi diyetolog.
Bundan tashqari, quruq tuzlangan kolbasa va ayrim turdagi pishloqlar qora ro‘yxatga kiritilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi