Shavkat Mirziyoyev Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga tashrifi chog‘ida, 2021 yil 29 sentabr.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vazirlik tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni kamchiliklarni ijobiy hal qilish maqsadida maxsus Call-markazni ishga tushirdi. Ushbu Call-markazning 1295 raqami orqali fuqarolar hamda soha mutaxassislari o‘z takliflarini bildirishi mumkin.
Bu murojaatlarning aksariyati Call-markazga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan hal qilinsa, bir qismi olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan bo‘ladigan ochiq muloqotda prezidentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkaziladi.
«Mazkur Call-markaz Yangi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining buguni va ertasiga befarq bo‘lmagan tibbiyot xodimlarining faoliyatlari bilan bog‘liq masalalar, tizimdagi muammolar va sohani yanada rivojlantirishga turtki beradigan g‘oya va takliflari uchun ishlashni boshladi.
Qadrli soha vakillari, murojaat yo‘llash orqali sog‘liqni saqlash tizimi taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shasiz», — deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning ilk ochiq muloqoti 2021 yilning 20 avgustida tadbirkorlar bilan o‘tkazildi. Unda jami 10 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi