2 595
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi 30 ming dollar pora bilan ushlandi
Foto: Videodan kadr
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi tadbirkorga yerni rasmiylashtirib berish evaziga pora olayotganida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u 30 yoshli mahalliy fuqaro bilan kelishgan holda, Urganch tumanidagi MCHJ balansida bo‘lgan 30 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxs nomiga tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming dollar talab qilgan.
DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan puldan 30 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Xorazmda kuzatilgan yana bir holatda esa Xiva shahrida yashovchi 37 yoshli fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsga Urganch shahri hududidan 2 sotix yer maydoni olib berish uchun 30 ming dollar talab qilib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi