Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati
Rossiyaning yana 8 ta oliy o‘quv yurti O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochish niyatida. «Gazeta.uz»ning yozishicha, bu haqda Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovnichiy 16 noyabr kuni Moskva davlat universitetida ochilgan ikkinchi Rossiya—O‘zbekiston ta’lim forumida aytib o‘tdi.
Viktor Sadovnichiyning so‘zlariga ko‘ra, uchta filialning ochilishi imzolanishning yakuniy bosqichida va «yaqin kelajakda ular o‘zbekistonlik talabalar uchun o‘z eshiklarini ochadi». U ikki mamlakat hamkorligining sezilarli dinamikasini ham qayd etgan. Viktor Sadovnichiyning qayd etishicha, ayni paytda ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha 63 ta «yo‘l xaritasi» amalga oshirilmoqda va 115 ta OTM o‘rtasida 240 dan ortiq shartnomalar imzolangan.
Forumda, shuningdek, kelgusi o‘quv yilida o‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlarida bepul ta’lim olish kvotalari 750 o‘ringa ko‘paytirilishi mumkinligi, bu 2018 yilga nisbatan 3 barobar ko‘p ekani ma’lum qilingan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov so‘nggi 3 yilda Rossiya tomoni federal budjet hisobidan o‘zbekistonlik talabalarga Rossiya OTMlarida o‘qish uchun ajratiladigan yillik grant o‘rinlarini bosqichma-bosqich oshirib borayotganini ta’kidlagan.
«Biz buni Rossiya tomonining mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun malakali kadrlar tayyorlashga qo‘shgan salmoqli hissasi deb bilamiz», — deya qo‘shimcha qilgan Abduqodir Toshqulov.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, forum davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish borasida qator hujjatlar, xususan, birgalikda kadrlar tayyorlash, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yishga oid idoralararo va oliy ta’lim muassasalararo bitim va memorandumlar imzolandi.
Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda Rossiyaning 15 ta yetakchi universitetlarining filiallari tashkil etilgan bo‘lib, ulardan 12 tasi 2018—2021 yillarda ochilgan. Mazkur filiallarda mamlakatning 6 ming nafardan ortiq talabasi tahsil olmoqda.
Rossiya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya OTMlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 43 ming nafarni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi