Toshkentning Bekobod tumanida ota o‘z o‘g‘lini o‘ldirdi. 70 yoshli fuqaro o‘z farzandiga bolta bilan ko‘plab zarba berib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturi orqali xabar qilindi.
Bekobod tumani Zafar shaharchasida o‘z farzandiga 25 marta bolta bilan zarba berib, uning joniga qasd qilgan keksa ota sud majlisida OAV vakillarining ham ishtirok etishini so‘rab, o‘z iqrorini bayon etgan.
«Men kim edim, qaysi oiladan kelib chiqdim. Kim bo‘ldim va hozirgi kunda kimman. Hozirgi kunda qotilman. O‘z o‘g‘limning qotiliman. Qolganlarga o‘rnak bo‘lsin, kelajak avlodga o‘rnak bo‘lsin. Mana men besh yarim oy hibsxonalarda yotib keldim. Kelajak avloddan iltimos qilaman. Bunaqa ishlarni qilishmasin», deydi Fazliddin Yusupov.
Otaxon oliy ma’lumotli, to‘rt nafar farzandning otasi. Suiqasd qilingan o‘g‘li oilaning kenjasi bo‘lgan. Uylangan va uning ortidan uch nafar bolasi qoldi.
Ma’lum bo‘lishicha, marhum YPX xodimi sifatida 9 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatgan. Ishidagi xato va kamchiliklar tufayli to‘satdan vazifasidan ozod etilgan. Ishiga qayta tiklanishini so‘rab qilgan murojaatlari qanoatlantirilmagach, bekorchi bo‘lib qolib, spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan.
Ichimlik iste’mol qilgan vaqtlarida esa oila a’zolariga muttasil ravishda tazyiq o‘tkazib kelgan. Joriy yilning 7 iyun sanasida ko‘tarilgan janjal mudhish yakun topdi. Ota o‘z farzandining qilmishlariga bardosh bera olmagan.
«Menga pul deb aytdi. Seyfimda pul yo‘q, 1 200 000 nafaqa olganman, kerak bo‘lsa shuni olib ishlat dedim. Menga u pul kerakmas, menga ko‘p pul kerak deb aytdi. Keyin kampirimni xonasiga kirsam, devanni ustida o‘tiribdi. Kampirim seyfni ochib bergan. Ko‘zim boltaga tushib, boltani qaysi tomoni bilan, necha marta urganman eslay olmayman», deydi Fazliddin Yusupov.
Ota marhum o‘g‘lining bu ishlariga chiday olmasdan, hatto to‘rt marotaba o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganligini ma’lum qilgan, biroq sud zalidagi guvohlar bu haqida so‘z ochishni istamagan.
O‘sha kuni janjal boshlanganida marhumning ayoli IIB xodimlariga murojaat qilgan. Biroq ota-ona bu ishni o‘zimiz hal qilamiz deb xodimni qaytarib yuborishgan.
«Kunda urush bo‘lardi uyimizda, o‘rganib ketganman, faqat dadajon o‘g‘illarini o‘ldirib qo‘yishlarini tasavvur qilib ham ko‘rmaganman», deydi marhumning ayoli.
70 yoshli Fazliddin Yusupovga nisbatan sud 12 yil qamoq jazosi tayinladi. Sud yakunida mahkumga oila a’zolari bilan xayrlashishga ruxsat berilgan, biroq ota bu taklifni rad etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi