
Foto: KRuz.uz
Kecha, 18 noyabr kuni soat 15:55 da Qorao‘zak tumani «Berdaq» OFY hududidagi metan «zapravka»da favqulodda holat yuz bergan. Bu haqda «Tinishliq saqshisi» gazetasi xabar berdi
Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi «AKK MЕTAN OIL» «zapravka»sida «Matiz»ning gaz balloni portlab ketgan. Holat chimboylik B.Q. ning mashinasiga gaz to‘ldirish vaqtida yuz bergan. Portlash oqibatida hududda yong‘in yuzaga kelgan.

Foto: KRuz.uz
Natijada Chimboy tumanida istiqomat qiluvchi S.A. va Qorao‘zak tumanida yashovchi bir nafar yo‘lovchi, «AKK MЕTAN OIL» MCHJ ishchisi J.D. lar tan jarohati olib, shifoxonaga tushgan.

Foto: KRuz.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar