23:33 / 20.11.2021
9 219

Rustam Hotamov: “IIV o‘z xavfsizlik xizmatiga salbiy illatli xodimlar bo‘yicha qat’iy topshiriq berilgan”

Rustam Hotamov: “IIV o‘z xavfsizlik xizmatiga salbiy illatli xodimlar bo‘yicha qat’iy topshiriq berilgan”
Ichki ishlar vazirining kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan, bugungi kunda IIV akademiyasiga rahbarlik qilayotgan polkovnik Rustam Hotamov Kun.uz'ga bergan intervyusida jinoyat sodir etgan yoki boshqa bir salbiy illatlarga ega xodimlardan o‘ylab o‘tirmasdan voz kechilishini ta’kidladi.

“Aniq aytishim kerakki, vazirlik rahbariyati tizimga dog‘ tushirayotgan xodimlardan butunlay voz kechish bo‘yicha juda katta ishlarni amalga oshiryapti. Bunday xodimlar haliyam bor safimizda. Ularning yana jinoyatga qo‘l urishini yoki boshqa bir salbiy ishini kutib o‘tirgandan ko‘ra, tizimda buning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik ishlar olib borilyapti.

Ichki ishlar organlari tizimida O‘z xavfsizlik xizmati bor. U tezkor xizmat sifatida tashkil etilgan va butun ichki ishlar xodimlari ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularning xatti-harakatlari qonuniyligini muntazam tekshirib boradi. O‘z xavfsizlik xizmati tomonidan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha departament va boshqa tegishli tuzilmalar bilan birgalikda xodimlarning qonunlarga qat’iy amal qilishi, jinoyat yoki boshqa bir salbiy illatli xodimlarni tizimdan ildizi bilan sug‘urib tashlash bo‘yicha murosasiz kurash olib borilmoqda.

Ochig‘ini aytaman, vazirlik rahbariyati O‘z xavfsizlik xizmati, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha departament va tizimdagi xodimlarning axloqi, yurish-turishi, intizomiga mas’ul tuzilmalarga salbiy illatga ega xodimlarga qarshi kurashish, ulardan voz kechish bo‘yicha qat’iy topshiriq bergan. Lekin afsuski, bu borada hamon muammolar uchrab turibdi”, – deydi Rustam Hotamov.

Hotamovga ko‘ra, yuzaga kelayotgan muammolar ichki ishlar organlari xodimlarining ruhiy tayyorgarligi yetarli darajada emasligi bilan ham bog‘liq.

“Xorijiy tajribani oladigan bo‘lsak ham ichki ishlar organlari shunday tizimki, butun dunyo miqyosida kundalik faoliyatida turli zo‘riqishlar, salbiy ruhiy holatlarga bevosita to‘qnashadi. Mana shunday holatlarda ayrim xodimlarimizning asabi dosh bermaydi, bilimi, tajribasi, fidoyiligi yetishmagani uchun xato qilib qo‘yadi. Buni ko‘rib-bilib turibmiz.

Shuning uchun ham ichki ishlar organlarida psixologik xizmat, ya’ni xodimlarning ruhiy holatiga baho beradigan, bu bo‘yicha so‘rovnoma olib boradigan yangi xizmat tashkili etilgan. Bu ham tizimdagi muhitni sog‘lomlashtirish, salbiy illatlarga ega bo‘lgan xodimlarni tozalashga xizmat qilyapti. Hali bu yo‘nalishda qiladigan ishimiz ko‘p”, – deydi IIV akademiyasi boshlig‘i.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rustam Hotamov: “IIV o‘z xavfsizlik xizmatiga salbiy illatli xodimlar bo‘yicha qat’iy topshiriq berilgan”