8 834
«Boshqalardan yaxshiroq qilaman degandim». Farg‘onada yo‘lda drift qilgan haydovchiga chora ko‘rildi
Kadr: Videodan skrinshot
Farg‘ona viloyatida yo‘lning mashinalar harakatlanadigan qatnov qismida drift qilib, o‘zi va o‘zgalar hayotiga xavf solgan haydovchiga chora ko‘rildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Nexia haydovchisi yo‘lning qatnov qismida drift qilgani aks etgan videolavha tarqalgan. Farg‘ona viloyat YHXB xodimlarining qidiruv-surishtiruvlari natijasida transport vositasi topilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchiga tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
«O‘zi aslida bu bo‘lib o‘tgan voqeaning sababi — yoshlik, bekorchilik. Internetda boshqalar ham shunday qilgani sababli qiziqib, mening ham qo‘limdan keladi-yu, boshqalarga ko‘rsatay, qolganlardan yaxshiroq qilaman, degan maqsadda qo‘ygandim. Lekin bu juda yomon narsa ekan. Salbiy ta’sirlari ko‘p ekan. Chunki boshqalarning ham qilgisi keladi buni ko‘rib. Va kimdir eplolmay qolsa, odam urib yuborishi yoki o‘ziga ziyon yetishi mumkin ekan», — degan qoidabuzar haydovchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi