Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati hokimligi Qibray tumanidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga o‘tgan ijtimoiy ob’ektlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Ma’lum qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek tumaniga jami 2294,6 gektar, shundan 1002,6 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlari o‘tgan.
Bundan tashqari quyidagi ob’ektlarning Mirzo Ulug‘bek tumaniga o‘tkazilishi ta’minlangan:
- mahallar soni - 13 ta;
- yakka tartibdagi turar joylar - 9137 ta;
- noturar joylar - 428 ta;
- maktablar - 2 ta;
- maktabgacha ta’lim muassasalari - 4 ta;
- diniy muassasalar - 1 ta;
- qabristonlar - 2 ta;
- tibbiy muassasalar - 1 ta.
Ta’kidlanishicha, Qibray tumanidan Mirzo Ulug‘bek tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani etib belgilangan.
Avvalroq Zangiota tumanidan Toshkent shahrining Sergeli tumaniga o‘tkazilgan ijtimoiy ob’ektlar to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 5 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishgandi. O‘shanda aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahardan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 10 196 gektar yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Keyinroq Ulug‘bek shaharchasining aholisi Toshkent viloyati tarkibiga, shuningdek, Uchtepa tumani yashovchilari uchta mahalla Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga o‘tkazishga qarshi chiqqandi.
2021 yil iyul oxirlarida Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori bilan poytaxtning Sergeli, Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlari hududi Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari hisobiga 7,8 ming gektardan ko‘proqqa kengaytirilgani ma’lum bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi