2 320
Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida misol qilib keltirgan davlat tajribasi o‘rganilmoqda
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, xalq ta’limi vazirligi va tashqi ishlar vazirligi mutasaddilaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini o‘rganish hamda bu borada hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish maqsadida ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.
Tashrifning dastlabki kunida ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Finlyandiyaning ta’lim va madaniyat vazirligi rahbariyati bilan uchrashishdi.
Finlyandiya ta’lim va madaniyat vazirligi vakillari sohadagi davlat boshqaruvi tizimi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tomonlar fin ta’lim tajribasini o‘rganish yuzasidan hamkorlik aloqalarining bugungi kundagi holati va istiqboldagi rejalarni muhokama qildi.
2020 yilning 30 oktabr kuni mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim sifatini oshirishda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish bo‘yicha vazifalar belgilanib, bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirilgandi.
Shuningdek, Prezidentimizning 2020 yilning 6 noyabrdagi «Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-4884-sonli qarorda ham Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini, shu jumladan o‘quv dasturlari, darsliklari, o‘qitish metodikalari va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xorijga xizmat safarini tashkil etgan holda o‘rganib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.
Tashrif dasturidan Finlyandiyaning qabul imtihonlari byurosi faoliyatini o‘rganish, maktab darsliklari bilan tanishish hamda kitoblarni chop etuvchi nashrlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, shuningdek, 3-11 yoshdagi bolalarning aniq fanlar bo‘yicha imtihonlarini kuzatish kabi tadbirlar o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi