
Bugun, 22 noyabr kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Meta (Facebook) kompaniyasining Boshqaruvchi direktori hamda Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Jorj Chen bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv natijalariga ko‘ra, Fond va Meta kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi, 2022 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Unga asosan mamlakatimizdagi OAV, davlat idoralari va mansabdor shaxslar, hatto davlatimizning xorijdagi elchilari sahifalarini verifikatsiyalash, matbuot kotiblari, jurnalistlar va blogerlar uchun o‘quv kurslari o‘tkazishga kelishib olindi.
Kurslarda kontent yaratish va uni boshqarish, yolg‘on axborotlarga qarshi kurash usullari ham o‘rgatiladi. Kiberxavfsizlik sohasida raqamli savodxonlikni oshirish, ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan maksimal darajada unumli foydalanish mavzularida ham yoshlar uchun maxsus treninglar hamkorlikda joriy qilinadi, deb yozadi Komil Allamjonov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar