Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi Sarxumdon mahallasiga bordi.
Davlat rahbarining matbuot xizmatiga ko‘ra, yaqinda bu yerda yangi Mahalla guzari qurilgan. Savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, bolalar o‘yingohi, harbiy vatanparvarlik maydonchasi tashkil etilgan.
Mahallada 6 ming 500 nafardan ortiq aholi yashaydi. Bu yerda 45 ta ko‘p qavatli uy, maktabgacha ta’lim muassasasi va xususiy maktab bor. O‘ndan ortiq kichik biznes korxonasida mahalliy yoshlar va ayollar ishlamoqda.
Prezidentimiz mahalladagi sharoitlarni ko‘rdi. Harbiy vatanparvarlik maydonchasi bilan tanishuv chog‘ida bu yerga askar va sportchilarni jalb etib, yoshlarni milliy g‘urur va mardlik ruhida tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mahallada «Yashil makon» loyihasi doirasida ko‘chatlar ekilib, mo‘’jaz bog‘ barpo etilgan. Shavkat Mirziyoyev mahalla oqsoqollari bilan birga ushbu boqqa ko‘chatlar o‘tqazdi. Nuroniylar yurtimizga hamisha tinchlik, xalqimiz farovonlik tilab duo qildi.
Davlatimiz rahbari kutilmaganda Gulobod mahallasiga ham o‘tib, mavjud holatni ko‘zdan kechirdi, odamlar bilan suhbatlashdi.
93 yoshli Anvarxo‘ja ota Prezidentimizni duo qildi. Mahalladagi o‘zgarishlarni ta’kidlab, otalar choyxonasi qurib berishni so‘radi. Shavkat Mirziyoyev bu taklifni qo‘llab-quvvatlab, otaxonga mustahkam sog‘lik tiladi.
Gulobod mahallasida Shayxontohur tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda 41-umumta’lim maktabi joylashgan. Prezidentimiz mazkur maktablarni ham kirib ko‘rdi, o‘qituvchilar bilan gaplashdi.
— Ko‘rayapsizlar, ta’lim bilan muallimga sharoit yaratishga harakat qilayapmiz. Bugun bu yerga kelib, o‘zimga ko‘p xulosa qildim. Bu maktab binosini ham yangilaymiz. Fanlar uchun, sport uchun yaxshi sharoitlar bo‘ladi. Bugun bir tarixiy kun bo‘lib qoladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari mahallalar aholisi bilan muloqot qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan