Foto: AP Photo/Patrick Semansky
AQSH Davlat departamenti o‘z veb-saytida Qo‘shma Shtatlar prezidenti Jo Bayden mezbonlik qiladigan «Demokratiya sammiti»da ishtirok etish uchun taklif etilgan 110 davlat ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatga ko‘ra, sobiq SSSR davlatlari orasida Ukraina, Armaniston, Gruziya, Moldova, Litva, Latviya va Estoniya taklif etilganlar ro‘yxatidan joy olgan. Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Ozarboyjon ishtirokchilar orasida qayd etilmagan.
Bayden ma’muriyati Hindiston va Filippinga taklif yuborgan. Turkiya, Xitoy va Rossiya esa sammitda ishtirok etishga taklif qilinmagan. Vengriyadan tashqari Yevropa ittifoqiga a’zo barcha davlatlar taklif olgan.
Bayden dunyo yetakchilaridan tashqari fuqarolik jamiyati va xususiy sektor vakillarini «sammit uchun aniq majburiyatlar va natijalarni ishlab chiqish»ga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar o‘tkazish uchun bir joyga yig‘adi.
Prezident Jo Bayden «Demokratiya sammiti» g‘oyasini 2019 yilda AQSH prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod bo‘lganida e’lon qilgan edi. Bu yil u 9-10 dekabr kunlari video-konferens-aloqa orqali o‘tkaziladi.
«Sammitda asosiy e’tibor demokratiyalar oldida turgan muammolar va imkoniyatlarga qaratiladi hamda yetakchilarga mamlakatda va xorijda demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha individual, jamoaviy majburiyatlar, islohotlar, tashabbuslarni e’lon qilish uchun platforma taqdim etiladi», — deyiladi Davlat departamenti bayonotida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin