Foto: Videolavhadan skrinshot
TDIU talabalar turar joyiga 22:00 dan keyin kelgan talabani kiritmagan tarbiyachi-pedagog lavozimidan ozod etildi.
2021 yil 23 noyabr kuni tarbiyachi-pedagog Jo‘rabek Boltayev soat 22:00 dan keyin talabalar turar joyiga kechikib kelgan talabalar bilan o‘z vakolati doirasida tushuntirish ishlarini olib borayotgan vaqtda Raqamli iqtisodiyot fakultetining 4-kurs talabasi Nurmurod Mamanov bilan o‘zaro gap talashib qolishadi. Natijada talaba universitet TTJdan chiqib ketadi, deya xabar bermoqda TDIU axbort xizmati.
Ushbu voqeadan xabar topgan Yoshlar ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Raqamli iqtisodiyot fakulteti dekani o‘rinbosari, uchastka noziri, universitet ichki qo‘riqlash xizmati xodimi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari zudlik bilan talabalar turar joyiga yetib kelishadi. Bo‘lib o‘tgan voqea o‘rganilib, talabani TTJga olib kelib joylashtiriladi.
Tortishuvning asosiy sababi sifatida qayd etilgan 200 ming so‘m, talabaning o‘tgan yilgi talabalar turar joyida yashaganligi uchun qarzdorlik bo‘lib, ushbu pul mablag‘i universitet hisobidan qoplangan, vaholanki, asosiy muammo talabaning TTJga kechikib kelishi bilan bog‘liq bo‘lib, to‘lov haqida munozara bo‘lmagan.
Bundan tashqari N. Mamanov yashagan ijara xonadonining sotilgani bois joysiz qoladi va 10 kunga yaqin talabalar turar joyida o‘rinlar cheklanganligi sababli Raqamli iqtisodiyot fakulteti dekani o‘rinbosari D. Begmatovning uyida yashaydi. Oziq-ovqat bilan taminlanadi, g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. Dekan o‘rinbosari D. Begmatovning turar joyi torlik qilganligi uchun Universitet qo‘shimcha imkoniyatidan kelib chiqib, yangi talabalar turar joyi ishga tushirilgani munosabati bilan N. Mamanov bo‘shagan xonalarga joylashtirilgan, hozirda order olish jarayonida bo‘lgan.
Ushbu voqea universitet rahbariyati tomonidan muhokama qilinib, barcha fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, TTJ tarbiyachi pedagoglari, binobonlari, ta’lim-tarbiya maslahatchilarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, tarbiyachi-pedagog J. Boltayev o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilgani uchun lavozimidan ozod qilindi. Talaba N. Mamanovga o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan mas’ul xodimlarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, o‘zaro munosabatlarda noo‘rin hatti-harakatlar sodir etmaslik bo‘yicha tushuntirish berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin