16:20 / 25.11.2021
2 183

«Valyutafurush» o‘z uyida qo‘lga olindi

«Valyutafurush» o‘z uyida qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan DXX va viloyat IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Toshkent tumani hududida joylashgan kiyim-kechak savdo bozori hududida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.A., o‘zining yashash uyda fuqaro S.ga jami 4 800 AQSH dollarini 51,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida 15 383 AQSH dollari, 264 ming Qozoq tengesi, 89 ming Rossiya rubli va 414,3 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Valyutafurush» o‘z uyida qo‘lga olindi