20:44 / 25.11.2021
1 670

Yangiariq tumanidan topilgan ota o‘z mas’uliyatini his etdi

Yangiariq tumanidan topilgan ota o‘z mas’uliyatini his etdi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bogot tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor E.Durdiyevdan undiruvchi M.Abdullayevaning foydasiga 2 nafar voyagayetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Bogot tuman bo‘limi ish yurituviga 05.09.2020 yilda kelib tushgan.

Ushbu ijro hujjati yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro yetish to‘g‘risida"gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib taraflarga yuborilgan.

Qarzdorning mol-mulkini aniqlash maqsadida Qonunning 21-87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va ulardan kelgan javoblarda qarzdorga tegishli mol-mulklar aniqlanmagan.

Qarzdorga bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish xuquqi vaqtincha cheklangan. Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorning yashash manzilida bo‘lmaganligi sababli, qarzdorga nisbatan Qonunning 42-moddasiga asosan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan yuqorida qayd yetilgan qidiruvdagi shaxs, olib borilgan tezkor qidiruv natijasiga ko‘ra, qarzdor E.Durdiyev Yangiarik tumanida xufiyona ravishda istiqomat qilayotganligi aniqlanib, Byuroning Bogot tuman bo‘limiga olib kelindi.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor aliment pulidan bo‘lgan 7.591.000 so‘m aliment pullarini undiruvchi M.Abdullayevaning nomida ochilgan bank kartasiga utkazib berilishi taminlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiariq tumanidan topilgan ota o‘z mas’uliyatini his etdi