1 543
Sport maktabi direktori 1,5 mln so‘m pora olgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi sport maktabi sobiq direktori 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Kitob tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avgust oyida tumandagi 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori bo‘lgan M.X. o‘z xizmat xonasida fuqaro U.B.dan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,5 million ming so‘mni pora tariqasida olayotganida DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Kitob tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.
Tuman hokimligining 25 noyabr e’lon qilgan xabariga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tumani sudida M.X. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»