
Qashqadaryo viloyati hokimi Murod Azimov viloyat sektor rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda viloyat rahbari Chiroqchida YPX xodimlari ishtirokida sodir bo‘lgan holat haqida ham gapirgan.
— Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chiroqchidagi fuqaro va IIB xodimlari o‘rtasidagi holatni ham oqlamayman. IIB xodimi og‘ir, bosiq va madaniyatli bo‘lishi kerak-ku. Mayli, haydovchi aybdor, lekin IIB xodimi bunday paytda aql bilan ish tutishi kerak. Qochsa ham 1 soatda topish imkoni mavjud-ku, hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda, — degan Murod Azimov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida IIO xodimlari talabiga bo‘ysunmay qochgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi xaqida xabar bergandik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar