13:43 / 02.12.2021
2 310

IIV tumanlararo blokpostlar o‘rnatilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi

IIV tumanlararo blokpostlar o‘rnatilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi
Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga ko‘ra tumanlarda blok-postlar o‘rnatilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov mazkur xabarlar yolg‘onligini ma’lum qilib, ijtimoiy tarmoq faollarini axborotni buzib talqin etmaslikka chaqirdi.

IIV vakilining ma’lum qilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil 1 martga qadar tasdiqlangan me’yorlarga asosan mahalliy budjet hisobidan kamida bittadan tumanlararo patrul-post bo‘linmalari tashkil etilishi belgilangan.

«Ijtimoiy tarmoq faollaridan axborotni buzib talqin etmasliklarini va rasmiy ma’lumot olish uchun ichki ishlar organlari axborot xizmatlariga murojaat etishlarini so‘raymiz», — deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, viloyatlar o‘rtasidagi postlarning yo‘q qilinishi haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrda parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qilgandi. Bu kabi postlar odamlarning harakatini cheklashi, shuningdek, iqtisodiyot hamda ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV tumanlararo blokpostlar o‘rnatilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi