Davlat rahbari raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Yig‘ilish avvalida Shavkat Mirziyoyev o‘tgan kuni aholini uy-joy va yashash manziliga yaqin joylarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha «Yangi O‘zbekiston» massivlarini barpo etish dasturi loyihasi muhokama qilingani, u qayta ko‘rib chiqilib, massivlar soni 29 tagacha ko‘paytirilganini ta’kidladi.
«Bugungi yig‘ilishda ipotekani kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olamiz.
Xabaringiz bor, bundan ikki yil oldin ipoteka tizimi tubdan isloh qilindi. Natijada sohaga sifat va raqobat kirib keldi, hududlarda zamonaviy arxitektura yechimlariga ega loyihalar paydo bo‘ldi.
Shu orqali ipoteka dasturlari doirasida yiliga 35 ming xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Bu oldingi yillarga nisbatan 2 baravar ko‘p», – dedi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi