Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov prezident qaysi lavozimni ravo ko‘rsa, u hatto qabriston qorovulligi bo‘lsa-da, sadoqat bilan ishlashga tayyorligini bildirdi.
Bu haqda u bugun, 3 dekabr kuni yangi yildan ish boshlashi ko‘zda tutilgan va ayni kunga qadar saralab olingan «hokim yordamchi»lari bilan suhbatda aytgan. Hokim dastlab ularga ishni nimadan boshlash haqida maslahat bergan bo‘lsa, so‘ngra «hokim yordamchi»lari mas’uliyati haqida to‘xtaldi.
«Siz o‘ta mas’uliyatli va shaxsan prezidentimiz ishonib topshirayotgan lavozimda ish boshlaysiz. Shu bois, mehnatingiz va sadoqatingiz bilan xalqning mushkulini oson qiling. Odamlarning mehrini qozonib, hokim va vazir lavozimlariga ham munosib ekanligingizni ko‘rsating. Shaxsan men, hozir hokim lavozimini bajarayotgan bo‘lsam-da, ertaga prezidentimiz qabriston qorovulligini bajarasan desalar ham ishonchni oqlab, astoydil ishlab, sadoqatimni ko‘rsataman. Bu lavozim ham siz uchun imkoniyat eshigi, undan foydalaning», — degan tuman hokimi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi