Qozog‘iston prezidenti haykal O‘zbekiston tarafi bilan bamaslahat bunyod etilishini ma’lum qildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Oqo‘rda qarorgohidagi uchrashuvlar oxirida matbuot anjumani o‘tkazdi.
Dastlab so‘z olgan Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki tomonlama madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida yangi loyiha amalga oshirilishini bildirdi.
«Buyuk mutafakkir, nafaqat o‘zbeklarda, balki butun dunyoda ulug‘lanuvchi shoir Alisher Navoiy sharafiga Astana (Nur-Sulton) shahrida haykal barpo etish niyatidamiz.
Biz bu masalada hamkasbim Shavkat Miromonovich bilan batafsil gaplashib oldik, haykal O‘zbekiston tomoni bilan maslahatlashgan holda bunyod etiladi.
Joy tanlash va loyihani tasdiqlash bo‘yicha ishlarni qisqa muddatda yakunlash bo‘yicha topshiriq berdik. O‘ylaymanki, bu rejamiz qardosh xalqlar orasida yaqinlikni yanada mustahkamlaydi», dedi Qozog‘iston prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»