07:00 / 08.12.2021
2 782

Toshkent hokimligiga sovg‘a qilingan qimmatbaho Mercedes Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli

Toshkent hokimligiga sovg‘a qilingan qimmatbaho Mercedes Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli
«Gazeta.uz» nashri bir qator vazirlik va idoralarning xizmat avtomashinalari parkini tahlil qilib, mamlakatning yuqori martabali amaldorlari qanday avtomobillardan foydalanishini aniqlab, maqola e’lon qildi.

Unda Toshkent shahar hokimligiga yaqinda fuqaro tomonidan sovg‘a qilingan Mercedes-Benz Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli ekani haqida ham aytib o‘tilgan.

Ta’kidlanishicha, Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 30 noyabr kuni fuqaro Latipova Ziyoda Bahromovnaga tegishli Mercedes-Benz S500 Hybrid rusumli, davlat raqami 01M798HB bo‘lgan qora rangli yengil avtotransport vositasini hokimlikka ixtiyoriy ravishda beg‘araz (tekinga) berish taklifini qabul qilish haqidagi qarorni imzolagandi.

«Nashr manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil aslida Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli. Ehtimol, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 apreldagi qarorida davlat xizmatchilarining xizmat avtomobillari qiymati cheklangani tufayli Mercedes-Benz S500 Hybrid avtomobilini ‘beg‘araz berish’ga qaror qilingandir. Hokimiyat ‘Gazeta.uz’ga vaziyat bo‘yicha izoh berishni rad etdi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 2021 yilda ishlab chiqarilgan bunday avtomobil narxi Avtoelon.uz saytida 295 ming dollar ko‘rsatilgan. Hokimlar avtomobillari uchun cheklov esa bazaviy hisoblash miqdorining 2000 baravari (540 million so‘m) etib belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent hokimligiga sovg‘a qilingan qimmatbaho Mercedes Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli