11:38 / 09.12.2021
2 796

O‘zbekistonda kelasi hafta havo keskin sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda kelasi hafta havo keskin sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston hududiga 12—15 dekabr kunlari Kaspiy dengiz hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Ma’lum qilinishicha, 12—14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.

Tog‘ va tog‘oldi tumanlarda 12—13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

13—15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8 darajagacha sovuq, kunduz kunlari esa 0-5 darajagacha iliq, shimolda kechalari 7-12 darajagacha sovuq.

Ba’zi joylarda 14-16 darajagacha sovuq, kunduz kunlari esa 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘lishi kutilmmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kelasi hafta havo keskin sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda