Aktyor Umid Iskandarov «Mirsodiqova bilan» YouTube-kanaliga bergan intervyusida shou-biznes vakillarining aksariyati kuchli ta’sir qiluvchi dorilarga o‘rganib qolgani, bu holat uni tashvishga solayotgani haqida gapirdi.
«Men ularni hech qachon yeb ko‘rmaganman, ta’mini ham bilmayman. Odam agar to‘xtatib, o‘zini qo‘lga ololmasa, kelajagi o‘ldi, degani. Mening ichim kuyib ketyapti. Nafaqat yoshlar, aqlini tanib olgan, o‘zimning tengdoshlarim orasida ham bor. San’at olamining ichida ham yo‘q emas. Deyarli 50 foizi. Ichim yonyapti. Xudo bergan iste’dodi bor, o‘zim muxlisiman ko‘pchiligining. O‘zimiz san’atkor bo‘lsak ham, baribir kimgadir muxlislik qilamiz. Ashulasini eshitamiz, kinodagi rollarini ko‘rib, maza qilamiz. Men uchun mahorat darsi bo‘ladi. Ko‘p aktyorlarimiz bor. Ularni ko‘rib, o‘zim uchun kerakli narsani olaman, tahlil qilaman.
Achinarlisi, kompozitorlarning ham ko‘pi tabletkada. Kelajakda yangi avlod qanaqa bo‘larkan, deyman. Chunki avlod nobud bo‘lyapti. Buni ko‘zim bilan ko‘rayotganim uchun ichim yonib ketyapti. Qanaqadir retsepti bo‘lsa, buni qaytarish bilan shug‘ullansa bo‘ladi. Bularni bir yoqadan bosh chiqarib, ko‘pchilik bo‘lib bu yo‘ldan qaytarish kerak. Ular botqoqqa cho‘kmoqda. Tabletka yeyayotganlarni ko‘pi o‘zini osib qo‘yyapti, avariya bo‘lib o‘lib ketyapti yoki qamalib ketyapti. Qamalib ketgani baxtli, ularni Xudoyim saqlab qolgan. Qamoq ular uchun tarbiya bo‘lyapti. Lekin chiqib ham shu ishni qilayotganlar bor. O‘ylashimcha, psixotrop moddalarni iste’mol qilayotganlar uchun qonunni qat’iylashtirish kerak», — deydi Umid Iskandarov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi