Majburiy ijro byurosining Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasining 06.09.2021 yildagi qaroriga asosan qarzdor “Woodlands” MCHJdan undiruvchi Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi foydasiga 517 mln. 147 ming 305 so‘m soliq qarzini undirish yuzasidan ijro hujjati 2021 yilning 7 sentabr kuni kelib tushgan va shu kuni davlat ijrochisi tomonidan qo‘zg‘atilgan.
Qarzdor korxona tomonidan o‘ziga belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik to‘lanmagach, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorning barcha bank hisob raqamlariga nisbatan elektron inkasso topshiriqnomasi yuborilgan.
O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq qarzi sabab MIB tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan 24.11.2021 yil kuni qarzdorning yuridik manziliga chiqilib, mol-mulkini ko‘zdan kechirish jarayonida qarzdor korxonadan 517 mln. 147 ming 305 so‘m soliq qarzi to‘liq undirildi va bo‘lim depozit hisob raqami orqali undiruvchi tashkilot foydasiga o‘tkazib berilib, mazkur ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuning 41-moddasi 1-bandiga asosan ijro ishi yurituvi amalda tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi