
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjatga ko‘ra, imtiyozli tibbiy yordam ko‘rsatiladigan toifadagilar ro‘yxatiga jami 15 toifadagi shaxslar kiritilgan. Xususan, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, chin yetimlar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, 1941 — 1945 yillardagi urushdan nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilganlar shular sirasiga kiradi.
Shuningdek, ro‘yxatda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan bir qator toifa vakillari ham keltirilgan.
Batafsil ro‘yxat bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.
Imtiyozli Tibbiy YordamO‘zbekiston RespublikasiPrezident FarmoniNogiron ShaxslarSog‘liqni SaqlashTibbiy Yordam O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar