10:32 / 14.12.2021
1 684

Tashkilot mas’ul xodimi xizmat xonasida narkotik saqlab kelgani aniqlandi

Tashkilot mas’ul xodimi xizmat xonasida narkotik saqlab kelgani aniqlandi
Foto: Toshkent viloyati IIBB
U jinoyatni qayd etmaslik va ishni yopish evaziga IIB xodimiga pora berayotgan vaqtda ushlandi.

Joriy yilning 8 dekabr kuni Oqqo‘rg‘on tumani IIB JQB xodimlari tomonidan «Birlik» mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1986 yilda tug‘ilgan T.A.ning (xususiy tashkilotda avtotransport vositalariga litsenziya berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs) xizmat xonasidagi idishda va yonida bo‘lgan o‘ralgan holdagi 1.000 so‘mlik kupyurada, giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi, shuningdek, giyohvandlik moddasi iste’moli uchun maxsus vosita tayyorlaganligi aniqlanib, xolislar ishtiroki daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Shundan so‘ng, T.A. mazkur holatni qayd etmaslik va ishni «yopdi-yopdi» qilish evaziga tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘iga $500 pora taklif qilgan.

IIB xodimining bildirgisiga asosan o‘tkazilgan tadbir davomida, fuqaro T.A. mablag‘ning 5 mln so‘mini berayotgan vaqtida IIV SHXBB Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 211- va 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tashkilot mas’ul xodimi xizmat xonasida narkotik saqlab kelgani aniqlandi