08:45 / 20.12.2021
1 828

Hokimlar va hokim yordamchilariga yangi vazifalar yuklatildi

Hokimlar va hokim yordamchilariga  yangi vazifalar yuklatildi
Prezident tomonidan “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlariga hokim yordamchilari bilan birgalikda quyidagi yangi vazifalar yuklatildi:
  • tomorqa xo‘jaliklari bilan agrosanoat klasterlari, tayyorlov, qayta ishlash va eksportyor korxonalarni jalb etgan holda kooperatsiya aloqalarini tashkil etishga ko‘maklashish;
  • mahsulot yetkazib beruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirgan holda, joylarda “tarqatish va mahsulotlarni yig‘ib olish bo‘yicha mobil xizmatlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
  • “xonadonbay” ishlash asosida hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va hudud aholisining tajribasidan kelib chiqqan holda tomorqa xo‘jaliklarini “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish;
  • har bir mahallada kooperatsiya asosida parranda, quyonchilik, qo‘y-echkichilik, asalarichilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarni aniqlash.

Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi fermer xo‘jaliklarida aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha bittadan agronom shtati tashkil etiladi. Har bir tumanda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning mas’ul xodimlaridan iborat xonadonlarda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan doimiy loyiha ofisi tashkil etiladi.

“Agrobank” ATB 2022 yil 1 aprelga qadar jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan, aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini “marketpleys” usulida sotishni yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha onlayn maslahatlar ko‘rsatuvchi maxsus platformani ishga tushiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokimlar va hokim yordamchilariga yangi vazifalar yuklatildi