12:18 / 20.12.2021
1 720

O‘zbekiston maktablarida Yangi yil bayramini o‘tkazish taqiqlandi

O‘zbekiston maktablarida Yangi yil bayramini o‘tkazish taqiqlandi
Bolalar xavfsizligi hamda turli pul yig‘imlarining oldini olish maqsadida O‘zbekiston maktablarida Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq ayrim cheklovlar joriy qilinmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoni hamda Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan 2021 yilda umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida ta’lim muassasalari hududida Yangi yil bayramini rejalashtirish va o‘tkazish mumkin emas.

Shu munosabat bilan, vazirlik tomonidan umumta’lim maktablarida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq quyidagi holatlar taqiqlanganini ma’lum qiladi:
  • yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog‘liq har qanday tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish;
  • bayram bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish maqsadida ota-onalardan turli xil noqonuniy pul yig‘imlarini amalga oshirish;
  • maktab foyesi va sinf xonalarini sun’iy archa va elektr chiroqlar bilan bezatish (o‘quvchilar qo‘l mehnati bilan yasalgan turli bezaklar bundan mustasno).

Istisno tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinf rahbari hamda ota-onalar ishtirokida karantin qoidalariga rioya etgan holda, o‘z sinf xonalarida, dars mashg‘ulotlariga xalaqit bermagan holda bayram tadbirlarini o‘tkazish hamda maktab hovlisida Yangi yil archasini bezatishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr boshida Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish va mamlakat hududiga koronavirus infeksiyasining yangi «omikron» shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bir qator yangi tartiblar belgilangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston maktablarida Yangi yil bayramini o‘tkazish taqiqlandi