1 261
Jahongir Ortiqxo‘jayev forumlarga budjetdan qancha mablag‘ ajratilgani va TikTok bloklanishi haqida
Bugun, 20 dekabr kuni poytaxtda «Toshkent yoshlar forumi – 2021» tadbirlari boshlandi. Ochilish marosimidan avval OAV xodimlari va poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Toshkent shahar hokimining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda "Toshkent 5 tashabbus harakati" tadbiriga xalqaro maqom beriladi. Shuningdek, "Toshkent yoshlar forumi" 2022 yili xalqaro forum sifatida o‘tkaziladi.
Jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan savol-javob davomida Jahongir Ortiqxo‘jayevga 2020 yildagi «Toshkent yoshlar forumi», shuningdek, 2021 yilda bo‘lib o‘tgan «Toshkent 5 tashabbus harakati» hamda ayni kunlarda davom etayotgan «Toshkent yoshlar forumi – 2021» tadbirlariga budjetdan qancha mablag‘ ajratilgani haqida savol berildi.
«Hali forumimiz tugagani yo‘q, hali davom etyapti. Bundan tashqari, davlat budjetidan tashqari, homiylarimiz bor. Ular tomonidan ham mablag‘lar yo‘naltirilyapti. Forum tugagandan keyin buni ochiq holda OAVlarda ko‘rsatishimiz mumkin bo‘ladi», — deydi poytaxt hokimi.
Bundan tashqari, Jahongir Ortiqxo‘jayev mazkur forumga tashrif buyurgan qozog‘istonlik yoshlar haqida ham aytib o‘tdi.
«Prezidentimizning 10 kun avval Qozog‘istonga tashriflari davomida men bilan Nur-Sulton hokimi aloqalar o‘rnatdik. Yoshlarning o‘zaro hamdo‘stligini inobatga olgan holda kelishuvimizga ko‘ra, Qozog‘iston hukumati 31 nafar faol yoshlarni mazkur forumga ishtirok etish uchun jo‘natishgan», — deydi u.
«Daryo» muxbirining O‘zbekistonda TikTok bloklanishiga munosabati haqidagi savoliga Jahongir Ortiqxo‘jayev shunday javob berdi:
«TikTok bir platforma, u yerda turli kontent bor. Hamma o‘ziga kerakli kontent oladi. Ming afsuski, taqiq qo‘yilgan odamlar kerakmas kontentlarga kirgani ko‘rinib turibdi. Agar kerakli kontentlarga kirilsa, hech qanday platformaning zarari yo‘q, deb o‘ylayman. Mening fikrimcha, tag‘in bilmadim», — deydi u.
Toshkent shahar hokimi «Toshkent yoshlar forumi — 2020» doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «tiktokerlarga taqiq qo‘yish emas, ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish bo‘yicha ish olib borishimiz kerakligi» haqida aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Tvitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2 iyul kuni esa O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi.
Keyinchalik «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova TikTok ijtimoiy tarmog‘ini butunlay bloklashni taklif qildi.
Poytaxt hokimi 2020 yilda bo‘lib o‘tgan forum doirasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Toshkentda shahar hokimligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan Yoshlar forumi uchun qancha xarajat qilinishi hozircha aniq bo‘lmagani haqida aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar