21:19 / 20.12.2021
1 862

Ozodbek Nazarbekov yoshlar bilan uchrashuv davomida cho‘ntagidan do‘ppi olib kiydi

Ozodbek Nazarbekov yoshlar bilan uchrashuv davomida cho‘ntagidan do‘ppi olib kiydi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 20 dekabr kuni poytaxtda «Toshkent yoshlar forumi–2021» doirasida yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik xodimlarining do‘ppi kiyishi haqidagi muhokamalar bo‘yicha to‘xtaldi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 3-kurs talabasi Samandar Mirzayev Ozodbek Nazarbekovning do‘ppida kirib kelishini kutganini bildirdi.

Shundan so‘ng madaniyat vaziri cho‘ntagidan do‘ppini olib, boshiga kiydi va «Endi savolingizni ham do‘ppida berasiz», deya hazil qildi. Ozodbek Nazarbekov ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik xodimlarining do‘ppi kiyishi haqidagi muhokamalarga ham izoh berib ketdi.

«Mana shu do‘ppi masalasi ko‘tarilishini bilib cho‘ntagimga solib kelgandim. O‘rni kelganda aytib o‘tsam, bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda ancha muhokama bo‘ldi. Lekin bu muhokama bo‘lishga arziydigan ishmi, yo‘qmi? Menimcha, yoshlar xulosa chiqargansizlar. O‘zbekistonda yashayotgan har bir millat vakili o‘z bosh kiyimini targ‘ib qilish huquqiga ega. Buni hech kim negativ o‘laroq tarqatishga haqqi ham yo‘q, unga taqiq qo‘yishga yoki qandaydir e’tiroz bildirishga haqqi yo‘q», – deydi u.

Madaniyat vazirining so‘zlariga ko‘ra, shu kunlarda yoshlar orasida boshqa millatlarning bosh kiyimlariga ishqiboz bo‘lish, ularni kiyib, targ‘ib qilish ko‘payayotgani haqida gapirdi.

«Shuning uchun bu narsa bizning o‘z bosh kiyimimiz bor va u boshqa millatlarning bosh kiyimidan kam emas, degan ma’noda taklif etildi. Kim qabul qiladi, kim qabul qilmaydi, o‘zining ixtiyorida. Lekin shaxsan men o‘zbekligimdan faxrlanaman», – deya qo‘shimcha qildi Nazarbekov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ozodbek Nazarbekov yoshlar bilan uchrashuv davomida cho‘ntagidan do‘ppi olib kiydi