17:48 / 21.12.2021
1 247

Qidiruvdagi otalar topilib, ularga chora ko‘rildi

Qidiruvdagi otalar topilib, ularga chora ko‘rildi
G‘ijduvon tumanida yashovchi qarzdor N.No‘monov sudning 14.11.2016 yildagi qaroriga asosan undiruvchi I.Ramazonovaga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashi lozim.

Qarzdor N.No‘monov 42 million so‘m aliment to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab, noma’lum tomonga yashirindi. Qidiruv natijasida ushlanib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudining ochiq sud majlisida huquqbuzar N.No‘monovga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-4-moddasi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Xuddi shunday, qarzdor Q.Hamroyev sobiq turmush o‘rtog‘i N.Boltayeva foydasiga 29 mln. 577 ming so‘m, qarzdor U.Toshev undiruvchi M.Muqimova foydasiga 2 mln. 939 ming so‘m, qarzdor M.Djumayev sobiq turmush o‘rtog‘i N.Xabibova foydasiga 6 mln. 767 ming so‘m Kogon shahrida yashovchi qarzdor A.Boymurodov sobiq turmush o‘rtog‘i F.Xudoyorova foydasiga 39 mln. 315 ming so‘m, qarzdor J.Makulov sobiq turmush o‘rtog‘i Sh.Ergasheva foydasiga 20 mln. 637 ming so‘m, Shofirkon tumanida yashovchi qarzdor M.Xalloqov turmush o‘rtog‘i L.Ziyodulloyeva foydasiga 4 mln. 928 ming so‘m aliment to‘lovlarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab, noma’lum tomonga yashirindi. Ushbu qarzdorlar ham qidiruvda ushlanib, sudning qarori bilan ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

Guvohi bo‘lganingizdek, aliment majburiyatini bajarmaslik muqarrar javobgarlikka sabab bo‘ladi va uni aliment qarzdorligini to‘lashdan aslo ozod qilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi otalar topilib, ularga chora ko‘rildi