Foto: «Domashniy ochag»
Qanday mahsulotlarni iste’mol qilish tishlar bilan bog‘liq muammo kelib chiqishiga olib kelishi mumkinligi haqida «Domashniy ochag» nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Uglevodlar
Konfetlar, qandolat mahsulotlari, muzqaymoq, gazlangan ichimliklar, qadoqlangan sharbatlar va fastfudlarning bari uglevodga boy mahsulotlar sanaladi. Shakar nimasi bilan zararli hisoblanadi? U tishlarning bioplyonkasida yashovchi mikroorganizmlar uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi. Katta miqdorda shirinlik iste’mol qilib, bilmagan holda mikroorganizmlarning o‘sishiga olib kelamiz, shundan keyin tish emalining yemirilishi kuzatilishi mumkin.
Meva kislotalari
Mevalar vitamin manbai ekani ko‘pchilikka ma’lum, ammo meva kislotalari tish emaliga zarar yetkazadigan yashirin dushman hisoblanadi. Ayniqsa, sitrus mevalar bu borada zararliroq. Saqich chaynash kislota balansini me’yorlashtiradigan so‘lak ajralishini jadallashtiradi. Aynan shu sabab ham sharbatni naycha (trubochka) orqali ichish tavsiya qilinadi, bu tishlarni 100 foiz himoya qilmagani bilan, kasalliklar kelib chiqish xavfining oldini oladi.
Ichimliklar
Vino va kun davomida qahva ichishni kanda qilmaslik tish emaliga zarar yetkazadi. Choy esa nafaqat tishlarning rangini o‘zgartirishi, balki organizmdagi kalsiyni chiqarib tashlashi mumkin.
Spirtli ichimliklar
Spirtli ichimliklar iste’molidan keyin og‘iz qurishiga so‘lak bezlari faoliyatining susayishi sabab bo‘ladi. Bu esa mikroorganizmlarning ko‘payishiga olib keladi.
Issiq va sovuq mahsulotlarni ketma-ket iste’mol qilish
Issiq qahvadan keyin shirin muzqaymoq yeyish tishlarning yemirilishiga olib kelishi mumkin.
Kimyoviy qo‘shimchalari bor yeguliklar
Chips va boshqa qarsildoq yeguliklar tarkibida kimyoviy moddalar bisyor bo‘ladi. Ular esa tishning yemirilishi va boshqa muammolarga olib kelishi mumkin sanaladi.
Suv
Tarkibida ftor bisyor bo‘lgan suvni doimiy ravishda iste’mol qilish, flyuoroza keyinroq esa tish emalining yemirilishiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun filtrlangan yoki butilkali suv ichish tavsiya qilinadi. Qoidaga rioya qiling, zararli mahsulotlardan tiyiling va go‘zal tabassum egasi bo‘ling. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi