
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kiyim-kechak bozorida sodir bo‘lgan yong‘in Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 24 dekabr kuni soat 09:10 da «Mergancha» MFY hududida joylashgan «Urgut kiyim-kechak» bozorining 6 ta do‘konida yong‘in yuzaga kelgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasidan 6 ta yong‘in o‘chirish ekipaji zudlik bilan yetib borib, yong‘in soat 09:27 da qurshab olingan va soat 10:14 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida do‘konlarning 100 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. «FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida voqea sodir bo‘lgan joydagi boshqa do‘konlarga yong‘in o‘tishining oldi olindi. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q», — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar