“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi «Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PF–6167-son (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi PF-6273-son Farmoni bilan kiritilgan qo‘shimchalar bilan), O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi yoki Sotuvchi) “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasini (keyingi o‘rinlarda – Mehmonxona yoki Aktiv) oshkora raqobat tamoyillariga asoslangan savdo jarayoni orqali sotilishini e’lon qildi.

Bu haqda Davaktiv agentligi ma’lum qildi. Ushbu Savdo jarayoniga “KPMG Valuation and Consulting” MCHJ (keyingi o‘rinlarda – KPMG), aktivni xususiylashtirish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, eksklyuziv moliyaviy maslahatchi sifatida jalb etilgan.

Mehmonxona haqida qisqacha ma’lumot:
— Besh yulduzli “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 2016 yilda Toshkent markazida tashkil topgan va “Hyatt” xalqaro brendining O‘zbekistondagi birinchi mehmonxonasiga aylangan;
— U O‘zbekistonda xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i boshqaruvida bo‘lgan yagona besh yulduzli mehmonxonadir;
— Mehmonxona shahar markazida, Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylariga qulay va yaqin masofada joylashgan;
— Umumiy yer maydoni 3,1 gektar, bino va inshootlar maydoni 60,1 ming kvadrat metrni tashkil etadi;
— Mehmonxona 8 qavatdan iborat bo‘lib, mijozlar uchun 300 ta xona, jumladan, 248 ta standart va 52 ta luks/yarim luks xonalarni mavjud;
— Mehmonxona hududida xalqaro sifat standartlari darajasida jihozlangan turli sig‘imdagi bir nechta konferensiya zallari, shuningdek, 850 kvadrat metr maydonga ega banket zali, yopiq basseyn va SPA markazi mavjud.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar