886
Komil Allamjonov: Mast holda avtomobil boshqarganlik uchun 15 sutka qamoq jazosi belgilash kerak
Foto: Komil Allamjonovning Telegram-kanali
IIV YHXBB boshlig‘i polkovnik Olim Saidov mashinani mast holda boshqarish jinoyat ekani, bu borada Ma’muriy va Jinoyat kodekslariga jazoni og‘irlashtiruvchi normalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
Bunga munosabat bildirgan Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Spirtli ichimlik iste’mol qilib transport boshqarayotgan haydovchilarga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi va haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilishni taklif qilaman.
Yiliga minglab odamlar vafot etayotganini inobatga olib, bu sohada favqulodda holat e’lon qilish kerak deb hisoblayman. Ahvol ko‘chada o‘ta og‘ir”, – deya yozdi Allamjonov o‘z Telegram-kanalida.
Ayni paytda mast holatda transport vositasini boshqarish – Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasiga asosan, transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yil-u 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, 25 BHM jarimaga sabab bo‘ladi.
Haydovchining organizmida alkogol miqdori 0,135 promilledan yuqori bo‘lsa, u mast holda transport vositasini boshqargan hisoblanadi.
Ayni kunlarda bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari 6 mln 750 ming so‘m bo‘ladi. Jarima 15 kun ichida to‘lansa, 30 foizlik chegirma bilan 4 mln 725 ming so‘mni tashkil etadi.
Amaliyotda qoidabuzar haydovchilar jarimani to‘lab, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan bo‘lsa ham, mashinani YPX xodimlarining qo‘liga tushmasdan, yashirincha boshqarib yurishi kuzatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi