1 047
O‘zini yong‘in nazorati xodimi sifatida tanishtirib pul undirayotgan firibgarlar paydo bo‘lmoqda
Foto: «Podrobno»
Toshkent va boshqa shaharlarda uylar bo‘ylab o‘zini davlat yong‘in nazorati organi xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolardan 20-40 ming so‘m undirayotgan firibgarlar yana paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali.
«So‘nggi yillarda, asosan, kuz-qish mavsumi boshlanishida aholi orasida, ayniqsa, tumanlarda maxsus formali kiyim-bosh kiyib yurgan yoki shu kiyimga juda o‘xshash kiyimdagi shaxslar o‘zlarini davlat yong‘in nazorati organi xodimi sifatida tanishtirib fuqarolardan yillik 20-40 ming so‘m atrofida majburiy tarzda soliq yoki kommunal to‘lov sifatida noqonuniy yig‘ish holatlari kuzatilmoqda», — deyiladi xabarda.
Yuqoridagi masalalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar o‘rganilganda, ushbu harakatlar turli xil shaklda tashkil etilgan, asosan, nomida «yong‘in», «olov», «qarshi kurash», «xavfsizlik», «himoya» kabi so‘zlardan iborat bo‘lgan va yong‘inning oldini olish aks etgan turli xil ramzlar tushirilgan muhr-shtamplardan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan amalga oshirib kelinayotgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha Adliya vazirligi ayrim shaxslar tomonidan o‘zlarini davlat yong‘in nazorati organlari xodimi sifatida tanishtirgan holda yolg‘on ma’lumotlar asosida fuqarolardan majburiy to‘lov to‘lanishini talab etishi noqonuniyligini ma’lum qiladi.
Ta’kidlanishicha, fuqarolar majburiy tarzda quyidagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishi lozim:
- sovuq suv ta’minoti;
- isitish va issiq suv ta’minoti (ko‘p qavatli uylarda);
- elektr ta’minoti;
- gaz ta’minoti;
- kanalizatsiya (iste’molchi ulangan bo‘lsa).
Qayd etilishicha, yong‘in va uning oldini olish bilan bog‘liq biron bir to‘lab borilishi shart bo‘lgan kommunal to‘lov yoki soliq qonunchilikda mavjud emas.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-1-moddasiga ko‘ra, formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish uchun javobgarlik belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi