2021 yil 5 avgust kuni fuqaro H.T. hamda “Abror” ismli shaxslar fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan, Toshkent shahri, Markaz-5 mavzesida joylashgan xonadonni 40 ming AQSH dollariga sotib olishini va’da qilgan.
IIV JQBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xabariga ko‘ra, ular 4 pachka 100 dollarlik qalbaki kupyuralarni (39,6 ming AQSH dollari qalbaki, 400 AQSH dollari haqiqiy) bergan holda xonadonni notarial tartibda o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan.
Shu kuni H.T. jinoiy sherigi “Abror” ismli shaxs bilan birga J.R.ga berilgan 496 dona qalbaki, 4 dona haqiqiy 100 dollarlik kupyuralarni va xonadon hujjatlarini egallash maqsadida R.J.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda to‘pponcha bilan qurollangan holda bostirib kirgan va uni urib, qo‘rqitib, bo‘g‘gan holda H.T. tomonidan berilgan qalbaki pullarni va uy hujjatlarini berishni talab qilib, R.J.ga tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan noma’lum shaxs - “Abror”ga nisbatan Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 176-moddasi 3-qismi “a” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surishtiruv ishlari davomida, 2021 yilning 17 noyabr kuni IIV JQBB, DHX va Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida “Abror” ismli shaxs 1995 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi fuqaro X.A. ekani aniqlanib, u Toshkent tumanida joylashgan “G‘isht-Ko‘prik” bojxona postida qo‘lga olingan va IIV VS'Hga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi